Pochettino uchun kurashda MYUga jiddiy raqib paydo bo‘ldi
Sport
−
22 fevral 2022
3521PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 49 yoshli argentinalik mutaxassisga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirgan. "Qaymoqranglilar" Pochettino uchun Ralf Rangnik o‘rniga nomzod qidirayotgan "Manchester Yunayted" bilan kurashishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Pochettino PSJni 2021 yilning yanvaridan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida parijliklar Fransiya kubogi va superkubogini qo‘lga kiritdi. Bungacha argentinalik mutaxassis Londonning "Tottenxem" jamoasida ishlagan.
Shaxboz Qahhorov
LiveBarchasi