Pochettino sevimli “Tottenxem”iga qaytmoqchi

Sport

image

PSJ klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Parijga kelganidan 6 oy o‘tiboq, klubni tark etishga qat’iy qaror qilgan. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Pochettino bu yerdagi muhitdan norozi, shu sababli u shartnomani uzaytirishdan bosh tortmoqda. Biroq PSJ rahbariyati uni olib qolish uchun qo‘lidan kelganincha harakat qilmoqchi. Shu sababli, uning Londonga qaytishi hali 100 foiz aniq bo‘lgani yo‘q.

Joze Mourino ketgach, murabbiysiz qolgan “Tottenxem” ayni damda Pochettinoning xizmatlariga muhtoj. “Shporlar” rahbariyati bu safar undan pul ayamasligi aniq, bunga sabablar ham talaygina. Rahbariyat Harri Keyn jamoani tark etsa, klubning darajasi tushib ketmasligini ta’minlovchi yagona shaxs sifatida Pochettinoni ko‘rmoqda. Maurisioning o‘zi ham bunga roziligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik mutaxassis qo‘l ostida Parij klubi bu mavsum Fransiya Kubogini qo‘lga kiritdi; YeCHL yarim finalida “Manchester Siti”ga mag‘lub bo‘ldi hamda Fransiya chempionatida kumush medallarga ega chiqdi.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing