Ichki ishlar xodimi piyodaning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Unga chora ko‘riladimi?

Jamiyat

image

Joriy yilning 20 iyul kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida bir kishi halok bo‘lgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

20 iyul kuni soat taxminan 22:30 larda Bo‘stonliq tumani Qoronqul qishlog‘i yaqinida katta tezlikda kelayotgan Lacetti Gentra piyodani urib ketgan. 60 yoshlarda bo‘lgan piyoda voqea joyida qurbon bo‘lgan.

Bizning surishtiruvlarimiz natijasida shu ma’lum bo‘ldiki, YTHni sodir etgan haydovchi 1985 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Hozirda esa Andijon viloyatida ichki ishlar tizimida ishlaydi. Halokat yuz bergan vaqtda haydovchi mast bo‘lgan.

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi ochilganmi, yo‘qmi, tergov harakatlari olib borilyaptimi, yo‘qmi, noma’lum. Ammo YTH sodir bo‘lgach, hodisa joyi tezda tozalanib, mashina jarima maydonchasiga olingan. Qurbonning jasadi esa morgga olib borilgan va bir necha kun o‘sha yerda qolib ketgan.

Odamni urib yuborgan avtomobilning ahvoli juda ayanchli. Qizig‘i bu avtomobil beton to‘siq yoki boshqa qattiq jismga urilmagan, faqatgina odamni urib yuborib shu ahvolga kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

159

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing