Piyodaga loyqa sachratish uchun jarima borligini bilasizmi?

Bu qiziq

image

Kuz-qish mavsumi kirib kelishi bilan yog‘ingarchilik ham tez-tez kuzatila boshlaydi. Yomg‘ir va qor yog‘ishi ta’mirlangani bir necha yil bo‘lgan yoki sifatsiz ta’mir sabab tezda o‘ydim-chuqur bo‘lib ketgan yo‘llarning chekkasi va bekatlarga yaqin joylarda ko‘lmak hosil bo‘lishiga olib keladi.

Yog‘ingarchilik kuchaygan shunday vaziyatlarda harakatdagi avtomobillarning (be)ixtiyor yo‘l chetidagi turgan piyodalarga loyqa suv sachratib o‘tishi kuzatiladi. Bundan holatga deyarli har bir piyoda duch kelgan. 

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida bunday holatlar uchun javobgarlik belgilangan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-moddasida yo‘lovchilarga loyqa sachratish bazaviy hisoblash miqdorining (270 ming so‘m) ikkidan bir qismi miqdorida (135 ming so‘m) jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.

“Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari yoki yo‘lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo‘yilgan talablarga rioya etmasligi (ushbu Kodeksning 1283-moddasida, 1284-moddasining birinchi qismida, 1285, 1286 va 130-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), odam tashish, transport vositalarini quvib o‘tish, yo‘nalishli transport vositalari to‘xtaydigan bekatlardan yoki piyodalar o‘tish joylaridan yurish, tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishi, xuddi shuningdek yo‘lovchilarga loyqa sachratishi, — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

295

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing