Piskentda serjant xizmat burchini bajarayotganda vafot etdi

3-sahifa

image

Bugun, 14 sentyabr kuni serjant Dilmurod O‘rmonov xizmat vazifasini bajarish chog‘ida olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 11 sentyabr kuni 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.A. Lacetti rusumli avtomobilda Toshkent viloyati Piskent tumani hududida xizmat burchini bajarayotgan YPX inspektori serjant Dilmurod O‘rmonovni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Qayd etilishicha, haydovchi o‘sha vaqtda mast holatda bo‘lgan. Dastlab, YPX inspektori to‘xtash ishorasini bergan. Biroq haydovchi IIO xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmay harakatni davom ettirgan va uni urib yuborgan. 

Oqibatda, ko‘rsatilgan tibbiy muolajaga qaramay, serjant Dilmurod O‘rmonov olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1591

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing