Piramidada yangi topilma aniqlandi
Olam
−
03 mart 2023 21361 1 daqiqa
4500 yillik Giza piramidasining asosiy kirish eshigi yaqinida to‘qqiz metr uzunlikdagi yashirin yo‘lak topildi va bu keyingi topilmalarga olib kelishi mumkin. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, qadimgi dunyo yetti mo‘’jizasi orasidagi hozirgacha saqlanib qolgan yagona inshoot ichidagi kashfiyot 2015 yildan beri olib borilgan izlanishlar natijasi bo‘lgan. Scan Pyramids loyihasi doirasida piramidaning strukturasini o‘rganish uchun tegishli texnologiyalardan, jumladan, infraqizil termografiya, 3D simulyatsiyalari va kosmik nurlaridan foydalangan holda tadqiqot olib borgan.

Manbaga ko‘ra, bu kashfiyot piramidaning qurilishi haqidagi bilimlarga hissa qo‘shadi. Tugallanmagan koridor piramidaning og‘irligini asosiy kirish yoki boshqa hali ochilmagan xonalar atrofida qayta taqsimlash uchun qurilgan deb taxmin qilinmoqda.
“Biz skanerlashni davom ettiramiz, bu orqali piramida ostida nima borligini yoki tunnel nimaga olib borishini aniqlashga harakat qilamiz”, deydi Misrning Antik buyumlar oliy kengashi rahbari Mustafo Vaziriy.
Ma’lumot uchun, mazkur piramida eramizdan avvalgi 2560 yillarda Fir’avn Xufu (Xeops) davrida monumental qabr sifatida qurilgan. Balandligi 146 metr bo‘lgan piramida 1889 yilda Parijda Eyfel minorasi qurilgunga qadar dunyodagi eng baland inshoot bo‘lgan.
Live
Barchasi