Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga subsidiyalar beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, mevali va ozuqa intensiv tutzorlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash maqsadida:

joriy etilgan tomchilatib sug‘orish tizimlari uchun subsidiyalarning bazaviy hisoblash miqdori ekin maydonining har bir gektari uchun 8 mln so‘mgacha;

maydoni 35 gektardan ziyod tutzorlarda suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqni, shuningdek daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni chiqarish maqsadida nasos stansiyasini qurishga har 35 gektar uchun 120 mln so‘mgacha subsidiya beriladi.

Bunda har bir tumanda subsidiya ajratishga ko‘maklashuvchi tuman ishchi guruhi tuziladi.

Talabgorlar kelgusi yilda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha har yili 1 fevralgacha ishchi organ (tuman irrigatsiya bo‘limi)ga ariza bilan murojaat qiladi.

Talabgorlar arizasi 3 ish kunida joyiga chiqib o‘rganiladi.

Har yili 15 fevralga qadar ijobiy xulosa berilgan talabgorlardan iborat tuman manzilli ro‘yxati shakllantiriladi. 

Shunga ko‘ra, manzilli dastur ishlab chiqiladi hamda har yili 20 martgacha Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.  

Yakuniy ro‘yxatga asosan 5 ish kunida talabgorlarning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga subsidiya o‘tkazib beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing