Pikening ketishi Silvaning “Barsa”ga kelishi uchun yaxshi imkoniyatmi?

Sport

image

“Barselona” “Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva transferi uchun kurashishda davom etmoqda.

Ispan klubi anchadan beri portugaliyalik yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. So‘nggi yillarda Kataloniya klubi moliyaviy tomondan oqsayotganligi tufayli Silvaning transferi bo‘yicha oldinga qadam tashlay olmayotgandi. Ammo vaziyat Jerar Pikening ketishi bilan keskin o‘zgaradi.

“Yevrofutbol”ning yozishicha, “Barselona” endilikda Pikega ajratilgan mablag‘ni Silvani sotib olishga sarflamoqchi. Bernardu Silva transferi yanvar oyidayoq amalga oshishi mumkin.

Portugaliyalik yarim himoyachining “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portali futbolchining narxini 80 million yevroga baholanmoqda.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing