Peterburgdan Samarqandga uchgan samolyot favqulodda Qozog‘istonga qo‘ndi

Olam

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan Samarqandga uchgan samolyot yo‘lovchilaridan birining tobi qochgani sabab Qozog‘istonda favqulodda qo‘ndi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 3 fevral kuni soat 10:56 da “Sankt-Peterburg-Samarqand” yo‘nalishida AFL-2870 reysini amalga oshirayotgan, bortida 56 ta yo‘lovchisi bo‘lgan “Aeroflot” samolyoti Qozog‘istonda favqulodda qo‘ngan. 

Ma’lum qilinishicha, samolyot bortidagi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan yo‘lovchining yurak xastaligi tufayli ekipaj samolyotni Qizilo‘rda aeroportiga qo‘ndirishga qaror qilgan.

Samolyot aeroportga qo‘ngach, yo‘lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan hamda malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.

Bortida 55 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot esa Toshkent vaqti bilan soat 12:20 da Samarqand aeroportiga qo‘ngan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

321

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing