Import qilingan avtomobillar onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin

Olam

image

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlaridan, xususan Armaniston, Rossiya, Qirg‘iziston va Belorussiyadan transport vositalarini import qilinganidan o‘n kun keyin ro‘yxatdan o‘tkazishni taklif qildi, deya xabar bermoqda “Nur.kz”

Yevrosiyo Ittifoqining a’zosi bo‘lgan qo‘shni davlatlardan kelgan avtoulovlarning Qozog‘istonda bo‘lishini soddalashtirish uchun politsiya Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tganidan o‘n kun o‘tgach, bunday mashinalarni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazishni taklif qildi.

Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati boshlig‘ining o‘rinbosari Yuriy Kozlovning ta’kidlashicha, transport vositalarining egalari onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish bir yil davomida amal qiladi va bir yil o‘tgach, barcha to‘lovlarni va bojxona rasmiylashtiruvidagi farqni to‘lagan yoki mamlakatdan olib chiqilgan holda, mashina doimiy ro‘yxatga olinishi kerak. Bunday avtomobil Qozog‘istonga 90 kundan oldin qaytarilishi mumkin.

Kozlovga ko‘ra, bu faqat loyiha. Yaqin kunlarda Ichki ishlar vazirligi buni jamoatchilik va deputatlar muhokamasiga topshiradi. Natijada qanday qaror qabul qilinishi hozircha noma’lum.

 Ichki ishlar vazirligining taklifi o‘zgarishsiz qabul qilingan taqdirda ham, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga kiruvchi mamlakatlardan olib kelingan avtomobillarni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish yaqin orada boshlanmaydi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing