Peskov Rossiya-AQSH muzokaralari boshlanishi nimaga bog‘liqligini aytdi

Olam

image

Agar Qo‘shma Shtatlar Rossiya Federatsiyasining xavotirlarini tinglashga va xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilishga qaytmoqchi bo‘lsa, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSH rahbari Jo Bayden o‘rtasida muzokaralar bo‘lishi mumkin. Bu haqda Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov  “Rossiya-1” telekanali efirida uzatilgan “Moskva. Kreml. Putin” dasturida aytib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun AQSHning dekabr-yanvar oylari holatiga qaytish istagi kerak.

“Ruslar taklif qilayotgan narsa barchamizga to‘g‘ri kelmasligi mumkin, ammo bu muzokaralar stoliga o‘tirishga arziydi. Men Bryusselga ham, Vashingtonga ham taqdim etilgan hujjatlar loyihalarini nazarda tutyapman”, deydi u.”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari yo‘lidagi birinchi qadam Rossiya qo‘shinlarini Ukraina hududidan olib chiqib ketish bo‘lishi kerakligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

310

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing