Peruda samolyot o‘t o‘chirish mashinasi bilan to‘qnashib ketdi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 18 noyabr kuni Peruning LATAM Airlines kompaniyasiga tegishli samolyot Lima aeroportidan havoga ko‘tarilayotganda uchish-qo‘nish yo‘lagida o‘t o‘chirish mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Natijada ikki o‘t o‘chiruvchi halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarining barchasi omon qolgan. Biroq yo‘lovchilardan 20 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan kamida ikki nafarining ahvoli juda og‘ir.

Peru Prezidenti Pedro Kastillo Twitter'dagi bayonotida ikki o‘t o‘chiruvchining oila a’zolariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning sog‘ayib ketishi uchun duoda ekanini ma’lum qilgan.

Samolyot havoga ko‘tarilayotganda o‘t o‘chirish mashinasi nima uchun uchish-qo‘nish yo‘lagiga kirib qolgani noma’lum. Prokuratura voqeani potensial qotillik sifatida tekshirayotganini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Pedro Kastillo

Baholaganlar

222

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar