Peruda hindular 150 ga yaqin sayyoh bo‘lgan kemani garovga oldi

Olam

image

Perudan kelgan bir guruh tub aholi quvur yorilishi bilan bog‘liq vaziyatga hukumat e’tiborini qaratish uchun 150 ga yaqin odamni bir kundan ortiq ushlab turdi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hodisa Loreto provinsiyasidagi Urarinas hududida yuz bergan. Mahalliy aholi shu tariqa hukumatning harakatsizligiga norozilik bildirgan.

Ular jami 150 ga yaqin odam bo‘lgan kemani bir kundan ortiq ushlab turgan. Ma’lum bo‘lishicha, yo‘lovchilar orasida AQSH va Yevropa fuqarolari ham bo‘lgan. Hibsga olingan sayyohlar muzokaralar o‘tkazilgach qo‘yib yuborilgan.

“Hayot huquqi va hurmati ustun bo‘lishi kerak”, deydi mahalliy guruh rahbari Uotson Trujillo.

Mahalliy matbuotning yozishicha, ushlab turish vaqtida hech kim jabrlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

313

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing