Peru Prezidenti koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasi bilan emlandi
Olam
−
10 fevral 2021 2611 1 daqiqa
Peru Prezidenti Fransisko Sagasti yangi turdagi koronavirusga qarshi emlandi. Jarayon TV Peru davlat telekanali efirida namoyish etilgan.
"Men qo‘rqmasdan, ishonch va umid bilan emlanaman", degan davlat rahbari vaksina qabul qilishdan oldin.
Jarayon tugagandan so‘ng, Peru yetakchisiga emlanganlik haqidagi sertifikat topshirilgan.
21 kun ichida siyosatchi Xitoyning Sinopharm farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinaning ikkinchi dozasi bilan emlanadi.
Kecha, 9 fevral kuni Peruda emlash kampaniyasining birinchi bosqichi boshlandi.
Respublika Sog‘liqni saqlash vaziri Pilar Massettiga ko‘ra, davlat rahbari Peru xalqiga o‘rnak ko‘rsatish maqsadida koronavirusga qarshi vaksinani birinchi bo‘lib qabul qilgan.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust