Peru Bosh vaziri tayinlanganidan to‘rt kun o‘tib iste’foga chiqdi
Jamiyat
−
06 fevral 2022
4141Peru Bosh vaziri Ektor Valer lavozimga tayinlanganidan to‘rt kun o‘tib, iste’foga chiqdi. Bunga rafiqasi uni mahalliy matbuot orqali 2016 yilda o‘ziga va qiziga nisbatan zo‘ravonlikda ayblagani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda TASS ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Ektor Valer mamlakat Prezidenti Pedro Kastilo o‘z kabinetini yangilash niyatini e’lon qilganidan bir kun o‘tib, iste’foga chiqmoqchiligini ma’lum qilgan.
Valer Pedro Kastilo prezidentligi boshlangan olti oy ichida uchinchi Bosh vazir bo‘lgan edi.
Siyosatchining aytishicha, mahalliy
ommaviy axborot vositalarida o‘ziga qarshi e’lon qilingan ayblovlar va tuhmat uning obro‘siga salbiy ta’sir qiladi.
Xabarga ko‘ra, mahalliy matbuotda Valerning rafiqasi uni 2016 yilda o‘ziga va qiziga nisbatan uydagi zo‘ravonlikda ayblagani haqida ma’lumot paydo bo‘lgan.
Bosh vazir joriy yilning uchinchi fevralida Peru hukumatini boshqaruv kursisini egallagan. Undan oldin Vazirlar Mahkamasini 2021 yilning oktyabridan Mirta Vaskes boshqarib kelgan.
LiveBarchasi