Pepsi sizni Dream Park'dagi (G‘afur G‘ulom bog‘i) Yangi yil archasining ochilishiga taklif qiladi.

Biznes

image

Ertaklar olamiga borib qolishni, sehrli qish va mo‘’jizalar shahrining bayramona muhitida bo‘lishni xohlaysizmi? Unda 17-18 dekabr kunlari Dream Park (G‘afur G‘ulom bog‘i)ga keling!

Yangi yil arafasida Dream Park (G‘afur G‘ulom bog‘i) Pepsi bilan hamkorlikda chinakam sehrli atmosferadan bahramand bo‘lishingiz va bayram shukuhini his qilishingiz uchun barcha sharoitni hozirlab qo‘ydi.

17-18 dekabr kunlari sizni ajoyib bayram dasturi kutmoqda:
17.00 — Yangi yil ertagi premerasi;
18.00 — Yangi yil archasining ochilishi (17 dekabr);
18:15 — Jonli orkestr jo‘rligidagi ertak qahramonlari paradi;
19:00 — Zlotnikovning «Double touch» jamoasidan yorqin raqs shousi;
20.00 — Milanband musiqiy guruhining jonli ijrosi;
20.40 — Maxsus mehmon  — Konsta.

Dream Park (G‘afur G‘ulom bog‘i) va Pepsi'dan yana bir go‘zal tuhfa — 20 metrlik Yangi yil archasi chiroqlarining tantanali yoritilishi oqshom kulminatsiyasi bo‘ladi!

Bayram yarmarkasi mehmonlar uchun yoqimli syurprizlardan biri. Unda siz Yangi yil shirinliklarini tatib ko‘rishingiz va eng yaxshi hunarmandlardan qo‘l mehnati bilan yasalgan suvenirlarni xarid qilishingiz mumkin.

Tadbirlarni o‘tkazish vaqti va joyi: 17-18 dekabr, soat 17:00, G‘afur G‘ulom bog‘i.

Kirish bepul.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing