Pepsi bilan g‘alaba sari harakat

Biznes

image

Tokio-2020 Olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston uchun birinchi oltin medalni qo‘lga kiritgan chempion Ulug‘bek Rashitov Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Buxoro va Namangan viloyatlarida o‘tgan turneda ishtirok etib, yosh sportchilar bilan mahorat darslarida qatnashmoqda.

MOQ va International Beverages Tashkent hamkorligida tashkil etilgan turneda Olimpiya chempioni Ulug‘bek Rashitov taekvondo bo‘yicha sport maktablariga tashrif buyurgan. Mazkur maktablar yosh sportchi bolalar chempion bilan shaxsan muloqot qilish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish va sportchi bilan yaqindan tanishish, uning muvaffaqiyat sirlarini o‘rganishdek imkoniyatni qo‘lga kiritganlar.

Bolalar bilan nafaqat suhbatlashgan, balki shaxsiy jang sirlarini ochiqlagan Ulug‘bek Rashitov, uchrashuv so‘ngida har bir maktabda sportchi bolalarga taekvondo mashg‘ulotlari uchun forma - doboklarni va boshqa sovg‘alarni taqdim etgan.

Ulug‘bek Rashitov bolaligidanoq sportga bo‘lgan muhabbat bilan ulg‘aydi. Bunda esa, ayniqsa, Bryus Li va Van Dam ishtirokidagi filmlarning ahamiyati katta. O‘sha vaqtlarda mittigina Ulug‘bek film qahramonlarning tryuklarini takrorlashga, ular kabi chaqqon va epchil bo‘lishga harakat qilardi. Buni ko‘rgan otasi esa o‘g‘lini sport to‘garagiga olib bordi. Bu Ulug‘bekning sportga, Olimpiya chempionligiga qo‘ygan ilk qadami edi.

Yosh Ulug‘bek murabbiy Pavel Xan qo‘lida tahsil oldi va ustozining o‘gitlari uni Olimpiya shohsupasigacha olib bordi. Ulug‘bek bolalik xotiralari, sportga kirib kelish tarixi haqida gapirarkan, futbolchi bo‘lishni istaganini ham aytadi:

“Taekvondodan voz kechib, futbolga borishni istagan paytlarim bo‘lgan, chunki, boshlang‘ich pallada taekvondoda sezilarli yutuqlarga erisholmaganman. Lekin murabbiy meni har bir mag‘lubiyatim saboq ekanini aytib, qo‘yib yubormadi, qo‘llab-quvvatladi, rag‘batlantirdi, shuning uchun men shu yo‘nalishda qolishga qaror qildim va bundan afsuslanmadim”.

Ulug‘bek Rashitov sportdagi birinchi yirik g‘alabaga 2017 yilda erishgan. O‘shanda u Atirau shahri (Qozog‘iston)da o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining sovrindori bo‘ldi va ikkinchi o‘rinni egalladi.

“2018 yilda o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish maqsadida saralash turniriga tayyorgarlik ko‘ra boshladik. Bu musobaqalarda men birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdim va O‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlarida kumush medal sohibi bo‘ldim. Uch kundan so‘ng o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati boshlandi va unda 3-o‘rinni egalladim. 2019 yilda esa o‘smirlar o‘rtasidagi so‘nggi musobaqalarda men Osiyo chempioni va 2019 yilning eng yaxshi sportchisi bo‘ldim”, deya eslaydi Ulug‘bek.

Joriy yilda bo‘lib o‘tgan Tokio-2020 Olimpiadasida qatnashgan Ulug‘bek Rashitov o‘z nomini O‘zbekiston sporti tarixiga o‘chmas qilib yozib qo‘ydi. O‘zbekistonda Olimpiada ishtirokchilari, chempionlari ko‘plab topiladi. Ammo bugungacha hech bir sportchi taekvondo sport turi bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritmagan edi. Ulug‘bek Rashitov hali yosh bo‘lishiga qaramay, ana shunday mas’uliyatni bo‘yniga olib, jangda ishtirok etdi. Omad unga kulib boqdi, mehnatlari zoye ketmadi.

U Olimpiya o‘yinlari tarixida ilk bor taekvondo bo‘yicha besh jangda qatnashishi kerak edi. Ulug‘bek Rashitov Tokio-2020 ning har bir jangida sharaf bilan kurash olib bordi va oltin medalni munosib ravishda qo‘lga kiritdi.

Rashitov Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Buxoro va Namangan viloyatlariga qilgan safari davomida yosh sportchilarga oltin medalni qo‘lga kiritish borasida bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li xususida so‘zlab berdi.

Gap shundaki, sportning turli yo‘nalishlari bilan shug‘ullanib, o‘z o‘rnini topishga intilayotgan yigit-qizlar safi O‘zbekistonda yil sayin kengayib bormoqda. Ularning bu sevimli mashg‘uloti, ko‘pincha, professional sport karerasi tomon hal qiluvchi qadam bo‘lmoqda. Natijada, sport turlari bo‘yicha yorqin yulduzlarimiz safi kengayib bormoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, keng jamoatchilik orasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab bergan. Ushbu vazifalarni bajarishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirishda PepsiCo kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy bottleri - International Beverages Tashkent ham o‘z hissasini qo‘shishga, mamlakatda turli sport yo‘nalishlari, professional futbol, xokkey, boks, og‘ir atletika va boshqa sport tadbirlarini tashkillashtirish va o‘tkazishda faol ishtirok etmoqda.

MOQ va International Beverages Tashkent kompaniyasi o‘rtasidagi joriy yilning may oyida imzolangan Hamkorlik memorandumi doirasida respublikada ommaviy sportni faol qo‘llab -quvvatlash, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni sport maydoniga jalb qilish bo‘yicha ishlar tashkil etildi. Bu maqsadlarga erishish uchun O‘zbekistonning eng yorqin va iqtidorli sportchilari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.

International Beverages Tashkent QK MCHJ,

PepsiCo kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy bottleri.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

6

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing