Pep Gvardiola “Manchester Siti”dagi faoliyatini yakunlashi mumkin
Sport
−
08 fevral 2023 4193 1 daqiqa
Ispaniyalik bosh murabbiy Xosep Gvardiola APL moliyaviy qoidalarini buzgani uchun fuqarolarga qo‘yiladigan sanksiyalarga ko‘ra yaqin orada “Manchester Siti” klubini tark etishi mumkin. Bu haqda “Yevro Futbol” nashri xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, JCH-2022 dan keyin murabbiysiz qolgan Braziliya terma jamoasi 52 yoshli mutaxassis uchun yangi ish joyiga aylanishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Pep Gvardiola 2016 yilning iyulidan beri “Manchester Siti”ni boshqarib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2024-2025 yilgi mavsum oxirida o‘z nihoyasiga yetadi.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yildan buyon Braziliya terma jamoasini boshqarib kelgan Tite JCH-2022 chorak finalida Xorvatiyaga mag‘lub bo‘lgach, iste’foga chiqishini ma’lum qilgan.
Mushtariy G‘aniyeva
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr