Pensiya jamg‘armasining 34 yashar xodimi jiddiy kasallikdan vafot etdi
Jamiyat
−
21 Sentabr 2020
16990O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Mablag‘larni boshqarish va pensiya, nafaqalar to‘lovi monitoringi bo‘limi boshlig‘i Mirodil Mirxodiyevich Qosimov 34 yoshida vafot etdi. Bu haqda Jamg‘arma saytida xabar berildi.
Jamg‘armaning ma’lum qilishicha, u joriy yilning 19 sentyabr kuni jiddiy kasallik bilan og‘ir kurashdan so‘ng vafot etgan.
Mirodil Qosimov 10 yildan ortiq vaqt mobaynida, jumladan, 2010-2015 yillar davomida pensiya jamg‘armasining Toshkent viloyat boshqarmasida Mablag‘larni boshqarish va to‘lov monitoringi bo‘limida mutaxassis, keyinchalik bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
2015-2020 yillarda Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparatining Mablag‘larni boshqarish va pensiya, nafaqalar to‘lovi monitoringi bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
“U o‘zining mehnatsevar, ma’suliyatli va har bir ishga puxtalik bilan yondoshishi bilan tizim taraqqiyotiga munosib ulush qo‘shgan.
Pensiya jamg‘armasida o‘z mehnat faoliyatini boshlagan, tizimni isloh etish ishlarida jonbozlik ko‘rsatgan. O‘zining sadoqati, ishonchi va tinimsiz mehnati pensiya sohasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi.
U qalbimizda oliyjanob inson, ishonchli hamkasb, oilaparvar va sadoqatli do‘st bo‘lib qoladi”, deyiladi xabarda.
QALAMPIR.UZ marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
LiveBarchasi