Pensiya jamg‘armasi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Nuriddin Abdumalikovich Shadixo‘jayev Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda jamg‘arma Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rnida, Nuriddin Shadixo‘jayev 1984 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2010 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

U o‘z mehnat faoliyatini 2003 yilda Toshkent shahar Mirobod tumani Ijtimoiy ta’minot bo‘limi Pensiya va ijtimoiy nafaqalarni to‘lash sho‘’basi 1-toifali mutaxassisi sifatida boshlagan. Turli yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Ijro etuvchi apparati Mablag‘larni boshqarish va pensiya nafaqalar to‘lovi monitoringi bo‘limi boshlig‘i, Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini boshqarish va hisobini yuritish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan. 

Nuriddin Shadixo‘jayev tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati To‘lov tizimini rivojlantirish va daromadlar hisobini yuritish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

84

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing