Pensiya va nafaqa pullarini to‘lab berish muddati o‘zgardi

Jamiyat

image

Endilikda pensiya va nafaqa pullari har oyning 27 sanasiga qadar to‘lab beriladi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi Matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Xususan, to‘lovlar har oyning birinchi bank ish kunidan boshlanib, kunlik grafik asosida (dam olish kunlaridan tashqari) mahalla fuqarolar yig‘inlari va fuqarolarning yashash manziliga borgan holda yetkazilmoqda.

Prezidentning 2020 yil 3 dekabrdagi “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-6122-sonli farmoniga asosan 2021 yilning 1-5 sentyabr kunlari respublikada barcha soha vakillari uchun dam olish kuni deb e’lon qilindi.

Shu munosabat bilan pensiya va nafaqa oluvchilarga sentyabr oyi uchun berilishi kerak bo‘lgan to‘lovlari 6-7 sentyabr sanasidan boshlab belgilangan muddatgacha to‘lanishi ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2265

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing