Penalti tepganimda yuragim tushib ketdi – Otabek Shukurov (video)
Sport
−
16 Oktabr
9979O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Otabek Shukurov BAA bilan o‘yindagi penalti tepish jarayoni haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Shukurovga ko‘ra, dastlab u penaltini o‘ng tomonga yo‘llamoqchi bo‘lgan, biroq oxirgi pallada qarorini o‘zgartirgan.
“Penaltini boshqa tomonga tepmoqchi edim. Darvozabon “Al-Ayn” a’zosi hisoblanadi, men esa “Sharja”da o‘ynaganman. Raqib posboni to‘pni qayerga tepishimni bilardi. To‘g‘risi, boshida chap tomonga kuchli zarba yo‘llamoqchi edim, biroq oxirgi pallada tepadigan tomonimni o‘zgartirishga qaror qildim va o‘ng tomonga zarba yo‘lladim. Shuning uchun o‘zimning ham yuragim tushib ketdi”, deydi Shukurov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jaloliddin Masharipov nima uchun penaltini o‘zi tepmay, Otabek Shukurovga to‘pni qoldirgani xabar qilingandi.
Qayd etilishicha, BAA safida bir paytlar Masharipov bilan “Shabab Al-Ahli” jamoasida to‘p tepgan futbolchilar bo‘lgan. Masharipovning sobiq jamoadoshlaridan biri darvozabonga Masharipovning qanday penalti tepishi bo‘yicha ma’lumot bergan, buni payqagan O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi esa Qatar mezbonlik qilgan Osiyo chempionatidagi xato takrorlanmasligi uchun zarba berishdan bosh tortgan.
LiveBarchasi