Pekinda dunyodagi eng katta aeroport qurilmoqda

Bu qiziq

image

Xitoy poytaxti Pekinda dunyoda eng yirik bo‘lishi kutilayotgan "Dasin" aeroportini qurish yakuniga yetay deb qoldi. 

"Dasin" — nafaqat aeroport, balki u Xitoyning eng yirik transport xabi bo‘ladi. Uni qurish uchun 400 milliard yuan (deyarli 60 milliard dollar) sarflanadi.

Bir million kvadrat metrlik "Oltin feniks" shaklidagi aeroportni 30 sentyabr – Xitoy xalq Respublikasi tashkil etilganining 70 yilligi arafasida foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda. Loyihani mamlakat rahbari Si Szin Pinning shaxsan o‘zi kuzatib bormoqda.  


"Dasin" aeroporti Pekindan 46 kilometr janubda joylashadi. Ushbu aeroportning tamal toshi 2014 yil 26 dekabrda qo‘yilgan, qurilish ishlari 2016 yilning 15 martida boshlangandi. 

Yangi qo‘nalg‘a 4 ta uchish-qo‘nish yo‘lagiga ega bo‘ladi. Bir yilda bu aeroportda 620 mingdan ortiq reys amalga oshiriladi. Loyihaga ko‘ra, 2025 yilga borib, ushbu aeroport har yili 72 million kishiga xizmat ko‘rsata oladi. 

Aeroport tom qismi dunyodagi eng yirigi bo‘ladi. Unga 25 ta futbol maydonini joylashtirish mumkin. Loyiha dizayni dunyoga mashhur Zaha Hadid ishtirokida ishlab chiqilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing