Pekin aeroportlarida kuchli yomg‘ir tufayli 400 dan ortiq reys bekor qilindi
Olam
−
12 iyul 2021
3233Xitoy poytaxti Pekinda ikkita xalqaro aeroport — Shoudu va Dasin bugun, 12 iyul kuni kuchli yog‘ingarchilik tufayli 400 dan ortiq reyslarni bekor qilishga majbur bo‘ldi.
Shoududa 12 iyul kuni 806 reys rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 285 tasi bekor qilingan. Dasin aeroportida esa 598 reysdan 156 tasi bekor qilingan.
Ta’kidlanishicha, Xitoy poytaxtiga yil boshidan buyon kuchli yomg‘ir yog‘moqda. Yomg‘ir Pekinni mahalliy vaqt bilan kechqurun (Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da) qoplagan. Shaharning aksariyat qismida 70 mm, ba’zi joylarda esa 150 mm gacha yog‘ingarchilik tushgan.
Qayd etilishicha, 12 iyul kuni maktabgacha va boshlang‘ich maktab mashg‘ulotlari bekor qilingan. Pekin oliy o‘quv yurtlarida esa ochiq havoda o‘tkaziladigan tadbirlar bekor qilingan.
Xitoy poytaxti aholisiga iloji boricha ko‘chaga kamroq chiqish va ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etilgan.