Pekin-2022: Komiljon To‘xtayev “Gigant slalom” yo‘nalishida chiqishini yakunladi

Sport

image

Bugun, 13 fevral kuni Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan O‘zbekistonning yagona vakili Komiljon To‘xtayev gigant slalom yo‘nalishida ikkinchi startiga chiqdi va o‘z ishtirokini tugatdi.

To‘xtayev birinchi startdan keyin umumiy jadvalda 35-o‘rinni egallab turgandi. Ikkinchi start ancha muvaffaqiyatli chiqdi va u belgilangan masofani 1 daqiqa 14,72 soniya ichida bosib o‘tdi. Bu ko‘rsatkich bilan To‘xtayev ikkinchi startda 27-o‘rinni egalladi va ikkita urinish natijasiga ko‘ra 29-pog‘onani band etdi.

Ushbu dasturda g‘oliblik shveysariyalik Marko Odermattga nasib etdi. Sloveniyalik Jan Kranjich esa ikkinchi bo‘ldi. Kuchli uchlikka Fransiya vakili Metyu Fevr yakun yasab berdi.

Komiljon To‘xtayev Osiyo qit’asi va turkiy tilli davlatlar orasida eng yaxshi natija qayd etdi.

Endi u 16 fevral kuni slalom dasturida o‘z omadini sinab ko‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

197

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing