Pekin-2022. AQSH dastlabki oltin medalini qo‘lga kiritdi
Sport
−
09 fevral 2022 6406 1 daqiqa
Xitoy poytaxti Pekin shahrida o‘tkazilayotgan 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining beshinchi kuniga kelib AQSH terma jamoasi o‘zining ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi. Ushbu jamoada kun qahramoni snoubordchi Lindsey Yakobellis bo‘ldi.
Kross big dasturida ishtirok etgan Lindsey ajoyib texnikasi bilan eng yuqori ballni qo‘lga kiritdi. Kumush medal fransiyalik Xloya Trespeshga nasib etgan bo‘lsa, kanadalik Mereta Odayn kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Snoubord. Kross big, ayollar:
1. Lindsey Yakobellis (AQSH)
2. Xloya Trespesh (Fransiya)
3. Mereta Odayn (Kanada)
Shahboz Qahhorov
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr