Pedagoglar ko‘proq dam olish imkoniga ega bo‘ldi
Jamiyat
−
04 iyul 2023
10672O‘zbekistonda pedagoglar ko‘proq dam olish imkoniga ega bo‘ldi. Bu haqda “Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlarini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda keltirilgan.
Hujjat bilan maktabgacha, maktab, maktabdan tashqari, sport, professional ta’lim muassasalari hamda oliygohlarning pedagog xodimlari uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlari belgilanmoqda.
Umumta’lim maktab muassasalari o‘qituvchilari uchun uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi 56 kalendar kunni tashkil etadi. Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Uzaytirilgan mehnat ta’tillari uchun haq to‘lashda yakshanba va bayram kunlari inobatga olinmaydi.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili beriladi.
LiveBarchasi