Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) karikaturasini chizgan rassom ayanchli halok bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Shved rassomi va payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) karikaturalarini chizgan 75 yoshli Lars Vilks Shvetsiya janubida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki qo‘riqchisi bilan birga vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, voqea kecha, 3 oktyabr kuni Shvetsiyaaning Markarid shahri yaqinidagi Ye4 yo‘lida sodir bo‘lgan. Rassom ketayotgan avtomobil yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda ikkala avtomobil ham yonib ketgan. Mahalliy politsiya vakili YTH boshqa birov tomonidan uyushtirilgani haqidagi qarashlarni rad etdi.

“Biz hozircha voqea qanday sodir bo‘lganligini ayta olmaymiz. Tergov natijasini kutish kerak”, degan politsiya vakili Rikard Lundkvist.

Ma’lumot o‘rnida, rassom Lars Vilks 2007 yilda payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning karikaturalarini chizib, shved matbuotiga joylashtirgan. Bu esa ko‘plab muhokama va noroziliklarga sabab bo‘lgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2243

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing