Patrul-post xizmati xodimlari “bodikameralar” bilan ta’minlandi
Jamiyat
−
18 aprel 2019
6922Joriy yilning aprel oyida Surxondaryo viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bashqarmasi patrul-post xizmati bataloni saf bo‘linmalari xodimlari birinchilardan bo‘lib 19 dona zamonaviy “bodikameralar” bilan ta’minlandi.
Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu “bodikameralar” Xitoy xalq respublikasida ishlab chiqarilgan bo‘lib, Patrul-post xizmati xodimlari va fuqarolar o‘rtasida yuz beradigan turli ziddiyatli holatlarning oldini olish va ziddiyatli holatlar sodir bo‘lganida ushbu holatga oydinlik kiritilishiga xizmat qiladi.
Bundan tashqari ushbu “bodikameralar” xodimlarning xizmat kiyimiga qulay o‘rnatilishi bilan ajralib turadi.
Tahlillarga ko‘ra, ayrim fuqarolarning jamoat tartibiga rioya qilmasliklari, tunning qorong‘u vaqtlarida har xil pana joylarda shubhali shaxslarning paydo bo‘lishlari, shubhali shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi xujjatlari mavjud bo‘lmasligi, spirtli ichimliklar iste’mol qilgan fuqarolarnining jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimaslik holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.
Bunday vaziyatlarda Patrul-post xizmati xodimi ushbu huquqbuzar fuqarolarga sodir etgan huquqbuzarligini tushuntirib berishi va eng yaqin masofada joylashgan Ichki ishlar organlariga olib borishlari uchun ortiqcha vaqt sarflashga to‘g‘ri keladi.
Zamonaviy “bodikameralar” xodimlarga ana shu kabi vaziyatlarda juda qo‘l keladi.
Maxsus buyurtma asosida xorijda ishlab chiqarilgan “bodikameralar” issiq yoki sovuq ob-havo sharoitida ham uzluksiz 12 soat ishlash quvvatiga ega.
Mazkur “bodikamera” 32 gigabayt xotiraga ega bo‘lib xodimlarning xizmat faoliyatlari to‘liq videotasvirga olish xususiyatiga ega. Shuningdek ushbu “bodikameralar”ga “JPS” navigator tizimi o‘rnatilgan bo‘lib patrul-post xizmati xodimining qayerda xizmat olib borayotganligi Navbatchilik qismida o‘rnatilgan maxsus set orqali axborot berib turiladi.
LiveBarchasi