Past qon bosimining xavfli oqibatlari aytildi 

Salomatlik

image

Past qon bosimi gipertoniyaga qaraganda xavfsizroq, ammo u yurak xurujiga tahdid soladi. Bu haqda Germaniyalik kardiolog Robert Shvinger ma’lumot berdi. 

Mutaxassis past qon bosimi salomatlikka ta’sir qilmaydi hamda qon aylanish tizimi va organlarni himoya qiladi, degan da’voni rad etdi. Shifokor quloqlarda shovqin, zaiflik, bosh og‘rig‘i, beqaror yurish, aritmiyani past qon bosimi belgilari bilan bog‘ladi va ular paydo bo‘lganda shifokorga murojaat qilishga chaqirdi. 

Shvinger, shuningdek sport bilan shug‘ullanmaydigan nozik va baland bo‘yli odamlarda gipotenziya mustaqil kasallik bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Bundan tashqari, qalqonsimon bezning disfunksiyasi, yurak-qon tomir kasalliklari va neyrogen kasalliklar kabi boshqa kasalliklar ham uni keltirib chiqarishi mumkin. 

Kardiologga ko‘ra, past qon bosimi odatda yosh bemorlarga tahdid solmaydi. Keksa odamlarda esa bu allaqachon oqibatlar bilan tahdid qiladi: bosh aylanishi tufayli ular muvozanatni yo‘qotishi, yiqilib, jarohat olishlari mumkin. 

“Yana bir xavf — yurak xuruji. Avvalo, bu yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekadiganlarga tegishli”, deya xulosa qilgan shifokor.


Maqola muallifi

Teglar

qon bosimi

Baholaganlar

418

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar