Pasportga oilali ekani haqida belgi qo‘yish bekor qilindi
Jamiyat
−
15 mart 2022
15175O‘zbekistonda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga nikoh qayd etilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilishiga oid norma bekor qilindi. Qonunchilikka “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Qonun bilan biometrik pasport o‘rniga ID-kartalari joriy etilayotganligi sababli ayrim Kodekslar va qonunlarga ID-karta tushunchasi kiritildi.
Shuningdek, ID-kartalarni, xorijga chiqish biometrik pasportini yo‘qotganlik, ularni yaroqsiz holga keltirganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Oila kodeksida bolalarning tug‘ilishini qayd etish ota-onasining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidan qat’i nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida 1 oy ichida amalga oshirilishi belgilandi.
LiveBarchasi