Pashinyan va Aliyev Moskvaga keldi. Putin bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda

Olam

image

Bugun, 11 yanvar kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Respublikasi Bosh Vaziri Nikol Pashinyan rasmiy uchrashuv o‘tazish uchun Moskvaga yetib keldi. Unda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ham qatnashmoqda.

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni “Vnukovo-2” xalqaro aeroportida Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Andrey Rudenko va boshqa rasmiylar kutib olgan.

Armaniston Bosh vaziri Matbuot xizmatining xabar berishicha, Nikol Pashinyan Vladimir Putin bilan yakkama-yakka uchrashuv o‘tkazishi belgilangan.

Kremlga ko‘ra, kun tartibiga 2020 yil 9 noyabrdagi Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya rahbarlarining Tog‘li Qorabog‘ to‘g‘risidagi Bayonotini amalga oshirish borasidagi ishlar, mintaqadagi muammolarni hal qilish bo‘yicha keyingi qadamlar, harbiy operatsiyalardan zarar ko‘rgan hududlar aholisiga yordam berish, shuningdek, savdo-sotiqni blokdan chiqarish va rivojlantirish hamda iqtisodiy va transport aloqalari kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing