Pashinyan Turkiya bilan chegarani imkon qadar tezroq ochish niyatida

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bir qator idoralarga turkiyalik hamkorlar bilan ishlashni muvofiqlashtirish va uchinchi davlat fuqarolari uchun Turkiya bilan chegarani ochish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda u hukumat yig‘ilishida aytib o‘tgan. 

“O‘tgan uchrashuvda Armaniston va Turkiyaning maxsus vakillari uchinchi davlat fuqarolari uchun ikki davlat chegarasini ochish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo orqali yuk tashishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishganidan xabaringiz bor. Siyosiy kelishuvlar amalga oshishi uchun tegishli idoralarimiz turk tuzilmalari bilan muvofiqlashtirilgan holda ish olib borishi muhim. Mening buyrug‘im kelishuvlarni imkon qadar tezroq amalga oshirish uchun ishni muvofiqlashtirishdan iborat”, deydi Pashinyan. 

Aytish joizki, joriy yilning 1 iyul kuni Armaniston va Turkiya maxsus vakillari Ruben Rubinyan hamda Serdar Qilichning Venada mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha to‘rtinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi. Maxsus vakillarning birinchi yig‘ilishi esa joriy yilning 14 yanvar kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing