Pashinyan armiya Bosh shtabi boshlig‘i lavozimiga yangi nomzod topib qo‘ydi

Olam

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Onik Gasparyanni lavozimidan ozod qilinganini ma’lum qilgandi.

Nikol Pashinyan Respublika Prezidenti Armen Sarkisyanga general-leytenant Artak Davtyanni mamlakat Qurolli Kuchlari Bosh shtabining yangi boshlig‘i etib tayinlashni taklif qildi

"Bosh vazir Artak Davtyanni Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimiga tayinlash to‘g‘risida iltimosnoma yubordi", degan Bosh vazirning Matbuot kotibi Mane Gevorkyan. 

Ma’lumot o‘rnida, Onik Gasparyan mamlakat Hukumatining bayonoti va uni ishdan bo‘shatish jarayonini Konstitutsiyaga zid deb bilishini aytgan. 

Shuningdek, bugun, 10 mart kuni Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyanning Gasparyanni ishdan bo‘shatilishi masalasida "Harbiy xizmat va harbiy xizmatchining maqomi to‘g‘risida"gi qonunga binoan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilgani ma’lum bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, 25 fevral kuni Armaniston armiyasi mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilgandi.  

Buning sababi Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan Pashinyanning taklifiga binoan, Bosh shtab rahbarining birinchi o‘rinbosari Tiran Xachatryanni ishdan bo‘shatgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing