Pashinyan diplomatik pasportini o‘g‘irlatib qo‘ydi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning diplomatik pasporti 2020 yil noyabrida Hukumat binosiga bostirib kirgan odamlar tomonidan o‘g‘irlangan. Bu haqda Armaniston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Anna Nagdalyan “Armenpress”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“10 noyabr kuni bir guruh odamlarning Armaniston Hukumati binosiga kirib borishi natijasida 14 ta diplomatik pasport o‘g‘irlangan, ular shu kuni Armaniston tashqi ishlar vazirligi tomonidan bekor qilingan. Ushbu pasportlar orasida Armaniston Bosh vazirining diplomatik pasporti ham bor edi”, deydi Nagdalyan.

Agentlikning xabar berishicha, 26 yanvar kuni Armanistonning “Orbeli” analitik markazining sobiq mutaxassisi Andranik Ovannisyan ozarbayjonliklar unga Pashinyanning diplomatik pasportini topshirgan, degan ma’lumotni tarqatgan.

Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro 2020 yil sentyabr oyi oxirida avj oldi va mintaqada faol janglar boshlandi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan 2020 yilning 9 noyabr kuni Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarning to‘liq to‘xtatilishi to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladi. Hujjatga ko‘ra, Ozarbayjon va Armaniston tomonlari egallab olgan pozitsiyalarida to‘xtadi, bir qator mintaqalar Baku nazorati ostiga o‘tdi. Rossiya tinchlikparvar kuchlari aloqa liniyasi va Lochin yo‘lagi bo‘ylab joylashtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

62

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing