Parkentdagi shifoxonada 9 oylik chaqaloq vafot etdi
3-sahifa
−
05 avgust 5179 2 daqiqa
Toshkent viloyati Parkent tumanida 9 oylik chaqaloq vafot etdi. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2025 yil 26 iyul kuni soat 17:45 da Parkent tuman Tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga tumanda yashovchi fuqaro B.M. tomonidan 2024 yil 21 oktyabrda tug‘ilgan qiz farzandi R.S. yuqori harorat va bezovtalik alomatlari bilan olib kelingan. Bola infeksionist shifokor tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur muolajalar tayinlangan.
Onasining so‘zlariga ko‘ra, dorixonaga borish vaqtida bola qayt qilib, og‘iz va burnidan qusuq chiqqan. Shundan so‘ng u yana shifokor ko‘rigiga olib kelingan va qo‘shimcha muolaja belgilangan.
“Bemorga ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, holati og‘irlashgan va soat 20:50 da reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. U yerda reanimatolog tomonidan “o‘tkir respirator infeksiya, ikki tomonlama pnevmoniya, gipertermiya, miya shishi va neyrotoksikoz” kabi tashxislar qo‘yilgan.
Barcha standart shoshilinch tibbiy choralar ko‘rilgan bo‘lsa-da, 27 iyul kuni soat 04:10 da biologik o‘lim holati qayd etilgan”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, hozirda ushbu holat bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Samarqand shahrida burun operatsiyasiga kirgan 16 yoshli qiz shifoxonada vafot etgandi. Holat yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Live
Barchasi