Parkentda tibbiyot birlashmasi mansabdorlari 1,5 milliard so‘mni “yeb yubordi"

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Parkent tuman tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslari 1 milliard 511 million 123 ming so‘m pul mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Parkent tuman prokuraturasi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni sarflanishi, davlat mulki va boshqa ob’ektlarni saqlanishi yuzasidan tekshirish o‘tkazilgan.  Tekshirish yakuniga ko‘ra, tuman tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslari 2019-2020 moliya yilida 1 milliard 193 million 205 ming so‘m miqdorda byudjet va smeta-shtat intizomini buzgan.

Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslari 1 mlrd 511 mln 123 ming so‘m pul mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan. Mazkur holatlar 36 nafar tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari va ishga aloqador guvohlarning ko‘rsatmalarida bayon etilgan. Soxtalashtirib, noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgan tabellar, shtat-smeta hujjatlari va boshqa dalillar ish hujjatlariga qo‘shilgan.

Ayblanuvchilarga nisbatan protsessual tartibda “qamoq”, “uy qamog‘i” va “garov” ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Parkent tuman prokuraturasi tomonidan tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 184(1)-moddasi 2-qismi va 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. Tergov yakuni bo‘yicha jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Parkent tuman sudiga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing