Parijda yangi tezlik chegarasi 30 km/soat etib belgilandi
Olam
−
01 Sentabr 2021
4210Fransiya poytaxtining ko‘pgina ko‘chalarida harakatlanish tezligi soatiga 50 kilometrdan 30 kilometrga tushirildi. Joriy yil 30 avgustdan boshlab haydovchilar Parijda yangi tezlik chegarasiga rioya qilishlari shart.
Qayd etilishicha, shahar hokimiyati ushbu chora piyodalar xavfsizligini oshirish, atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish va shovqin darajasini pasaytirishga yordam beradi, deb hisoblaydi. Biroq ko‘pchilik hokimiyat qarorini ahmoqlik deb baholamoqda.
“O‘ylaymanki, bu katta ahmoqlik. Bu chora baxtsiz hodisalar sonini kamaytirmaydi va yo‘l harakati xavfsizligini yaxshilamaydi. Chunki yo‘l transport hodisasiga tezlikdan tashqari, boshqa omillar ham sabab bo‘ladi. Masalan, mast holatda yoki haydovchilik guvohnomasisiz mashina haydash”, deydi Fransiya poytaxti chekkasida yashovchi Serj ismli haydovchi.
“Bilasizmi, soatiga 30 kilometr tezlikda harakatlanadigan mashina soatiga 50 yoki 60 kilometr tezlikda harakatlanayotgan mashinaga qaraganda havoni ikki barobar ko‘proq ifloslantiradi. Bu ilmiy jihatdan isbotlangan”, deb yozadi Twitter foydalanuvchisi Viank 93.
Lill, Grenobl va Monpele shaharlarida soatiga 30 kilometrgacha tezlikda harakatlanish allaqachon joriy etilgan.
LiveBarchasi