Parijda dunyodagi eng qadimiy Qur’onlardan biri namoyish etiladi

Olam

image

Joriy yilning noyabr oyida Parijda O‘zbekistonning qadimiy madaniyati va an’analariga bag‘ishlangan ikkita ko‘rgazma ochiladi. Ulardan biri “O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasi 2022 yil 24 noyabrdan 2023 yil 6 martgacha Luvrda bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmada bugungi O‘zbekistonning janubiy hududidan o‘tgan Buyuk ipak yo‘li tarixi haqida hikoya qilinadi. Unda monumental va dastgoh san’ati ob’ektlari, devor rasmlari, saroylarning o‘ymakor jihozlari, san’at va hunarmandchilik buyumlari namoyish etiladi. 

Tashrif buyuruvchilar jami 168 ta muzey eksponatlari bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi: shulardan 137 tasi O‘zbekistonning 13 ta muzeyidan eramizdan avvalgi V-VI asrlardan Temuriylar davrigacha bo‘lgan davrni qamrab olgan eksponatlar, 31 tasi jahonning yetakchi muzeylari — Britaniya muzeyi, Britaniya kutubxonasi, Londondagi Viktoriya va Alberta muzeyi; Medallar kabineti, Fransiya Milliy kutubxonasi, Gime muzeyi, Luvr, Parijdagi Tillar va sivilizatsiyalar universiteti kutubxonasi, shuningdek, Klivlend muzeyi (AQSH) va Galust Gyulbenkian jamg‘armasi (Lissabon) eksponatlaridir.

Har biri o‘ziga xos bo‘lgan eksponatlar orasida islom olamining eng muhim qo‘lyozmalaridan biri bo‘lgan VIII asrga oid “Katta Langar Qur’oni” alohida ajralib turadi. Katta Langar Qur’oni Islom va musulmonlar uchun ulkan diniy ahamiyatga ega bo‘lib, butun insoniyatning madaniy va tarixiy merosini tashkil etuvchi qadriyatlardan biridir.

Mazkur Qur’on Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi “Langar ota” jome’ masjidida uzoq vaqt  saqlangan. Islom olamida u Mushafning eng qadimgi qo‘lyozmalaridan biri hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Katta langar qur'oni

Baholaganlar

108

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar