Parij ko‘chalarida odamlarga hujum qilgan 69 yoshli erkak ushlandi

Olam

image

Parij politsiyasi ko‘chadagilarga qarata o‘q uzgan 69 yoshli erkakni hibsga oldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Guvohlar va mahalliy hokimiyat vakillariga ko‘ra, qurollangan shaxs 10-okrugdagi Strasburg-Sent-Deni metro bekati yaqinida joylashgan kurd madaniyat markazi, restoran va sartaroshxonaga hujum qilgan. Oqibatda kamida uch kishi halok bo‘lgan va to‘rt kishi yaralangan. Tergovchilar bu irqchilik jinoyati bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi 69 yoshda bo‘lib, qo‘lga olinish chog‘ida undan qurolni olib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan politsiyachilarga qarshilik ko‘rsatmagan.

Otishmadan ko‘p o‘tmay kurdlar markazi hududida kurd jamiyatining norozilik namoyishlari boshlanib ketgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing