Parij aeroportida 18 yil yashagan eronlik qochqin vafot etdi

Olam

image

Kecha, 12 noyabr kuni Parijning Sharl de Goll aeroportida 18 yil yashagan eronlik qochqin  aeroportda vafot etdi. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sharl de Goll aeroportida 18 yil yashagan Mehran Karimi Nasseriy yurak xurujidan vafot etgan.

1945 yilda tug‘ilgan deb taxmin qilingan Karimi Nasseriy 1988-2006 yillarda Sharl de Goll aeroportining I terminalida yashagan. Aeroport vakilining so‘zlariga ko‘ra, u so‘nggi haftalarda yana aeroportda yashagan.

Uning hikoyasi amerikalik kinorejissor Stiven Spilbergni “Terminal” filmini yaratishga ilhomlantirgan. Unda bosh rolni Tom Xenks ijro etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

648

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing