Parij-2024: O‘zbekistonlik ikki sportchi bronza medali uchun kurashadi
Sport
−
07 avgust
5226Bugun, 7 avgust kuni Parij shahrida davom etayotgan Olimpiada o‘yinlarining yunon-rum kurashi bahslarida o‘zbekistonlik ikki nafar kurashchi o‘tish bosqichida qatnashib, bronza medal uchun gilamga chiqadigan bo‘ldi.
-77 kg vaznda Aram Vardanyan jazoirlik Abdelkrim Oukalini mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, -97 kg vaznda Rustam Assakalov Koreya Respublikasi vakili Seong Jun Kim bilan bellashib, bronza medali uchun kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Kechki dasturda har ikki sportchi o‘z vaznida Olimpiada o‘yinlarining 3-o‘rini uchun bahs olib boradi. Assakalov kubalik Gabriel Kindelanga qarshi gilamga chiqsa, Vardanyan armanistonlik Malxas Amoyan bilan bellashadi.
LiveBarchasi