Parij-2024: O‘zbekistonlik bokschilarning raqibi aniq bo‘ldi
Sport
−
26 iyul
12912Kecha, 25 iyul kuni Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekistonga eng ko‘p va yuqori probadagi medallar olib kelishi kutilayotgan boks bahslariga qur’a tashlandi va o‘zbek charm qo‘lqop ustalari dastlabki raunddagi raqiblarini bilib oldi.
Boks bahslari 27 iyuldan start olib, 10 avgustga qadar davom etadi. O‘zbekiston erkaklar jamoasi to‘liq tarkibda, ayollar jamoasidan esa 4 nafar bokschi Olimpiada medallari uchun kurash olib boradi.
Erkaklar:
-
-51 kg: Hasanboy Do‘stmatov - Xesus de Lopes (Puerto-Riko);
-
-57 kg: Abdumalik Xalokov - Nebil Ibrahim (Shvesiya) va Vasim Abusal (Falastin) bahsi g‘olibiga qarshi;
-
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev - Martines Ramires (Meksika);
-
-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Omar Elavadi (Misr);
-
-80 kg: To‘rabek Habibullayev - Ef Marsyal (Filippin);
-
-92 kg: Lazizbek Mullajonov - Aziz Abbes Mohiddin (Italiya);
-
+92 kg: Bahodir Jalolov - Omar Mohamed Shiha (Norvegiya).
Ayollar :
-
-50 kg: Sabina Boboqulova - Chutamat Raksat (Tailand);
-
-54 kg: Nigina O‘ktamova - Yomna Ayyad (Misr);
-
-57 kg: Sitora Turdibekova - Marselat Sakobi (Kongo Demokratik Respublikasi);
-
-66 kg: Navbahor Hamidova - Morelle Makkeyn (AQSH).
LiveBarchasi