Parij-2024: Bugun o‘zbekistonlik futbolchilar o‘z yurishini boshlaydi

Sport

image

Bugun, 24 iyul kuni Fransiya poytaxti Parij mezbonlik qilayotgan Olimpiada o‘yinlarining futbol bahslari boshlanadi. Musobaqa O‘zbekiston-Ispaniya Olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan boshlanadi.

Jamoalar “C” guruhida keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun bahsga kirishadi. Guruhning ikkinchi o‘yinida Misr va Dominikan 3 ochko uchun kurash olib boradi.

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Ispaniyaga qarshi o‘yinda to‘liq oq libosda, darvozabon esa qora libosda harakatlanadi.

Ma’lumot uchun, o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi. Uchrashuvga Parijdagi “Park de Prens” stadioni mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya O'zbekiston Parij Olimpiada Ispaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing