Paralimpiyachilarni kutib olish munosabati bilan Toshkentning ayrim ko‘chalarida harakat cheklanadi
Jamiyat
−
05 Sentabr 2021 8002 1 daqiqa
Yaponiyaning Tokio shahridagi paralimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni kutib olish munosabati bilan mamlakat poytaxti Toshkent shahrining ayrim yo‘llarida avtomobil qatnovi vaqtinchlik cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ertaga, 6 sentyabr kuni soat 18:00 dan 23:00 gacha bir necha ko‘chalarda harakatlanish cheklanadi:
- Qumariq ko‘chasi Qumariq 7-tordan TXAYgacha bo‘lgan oraliq 3-aeroport maydonigacha bo‘lgan qismi;
- Beshyog‘och ko‘chasi Furqat ko‘chasidan Olmazor ko‘chasigacha bo‘lgan oraliq;
- vaqtincha Bobur, Nukus, Afrosiyob, I.Karimov, Sh.Rashidov, A.Navoiy va A.Temur hiyoboni oldi ko‘chalarida harakat cheklanadi.
Ma’lumot o‘rnida, Tokio-2020 paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston vakillari jami 19 medalga (8 ta oltin, 5 ta kumush, 6 ta bronza) ega chiqib, jahonda 16-o‘rinni egalladi.

Live
Barchasi