Paralimpiada-2024: Bugun O‘zbekiston vakillari 5 ta turda chiqish qiladi

Sport

image

Bugun, 6 sentyabr kuni Paralimpiada o‘yinlarining 9-kunida O‘zbekistonlik 22 nafar paraatlet 5 ta parasport turida medallar uchun kurash olib boradi.

O‘zbekistonliklarning kun dasturidagi chiqishlarini soat 12:30 da para velosportchi Azimbek Abdullayev boshlab bersa, soat 23:37 da para yengil atletikachi Izzat Turg‘unov yakunlab beradi.

Kun dasturida 6 nafar o‘zbekistonlik para kanoechi medallar uchun bahs olib boradi. Shuningdek, allaqachon Paralimpiada o‘yinlarida sovrindor bo‘lishni uddalagan para yengil atletikachilar Qudratilloxon Ma’rufxo‘jayev va Tolibboy Yo‘ldoshev F37 klassining disk uloqtirish dasturida o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Paralimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing