Pandemiyada Rossiyada qolib ketganlarni qaytarish uchun maxsus reyslar yo‘lga qo‘yildi

Jamiyat

image

Pandemiya davrida Rossiyada qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolariga vataniga qaytishi uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 5 ta maxsus reys yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, 5 ta maxsus reys “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishida 483-sonli yo‘lovchi poyezdi orqali amalga oshiriladi. 

Xabarga ko‘ra, mazkur poyezdlar joriy yilning 15, 19, 22, 26,29 noyabr kunlari soat 20:57 da harakatni amalga oshiradi. Poyezdlarga faqat bir tomonga, ya’ni “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham sotish yo‘lga qo‘yilgan. 

“Rossiyadagi yurtdoshlarimizning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati veb-sayti orqali e-ticket.railway.uz dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jo‘natishlari ham mumkin”, deyiladi xabarda. 

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing