Pandemiya davrida O‘zbekistonda qancha odam ishsiz qolgani ma’lum qilindi
Jamiyat
−
07 Sentabr 2020
5450O‘zbekistonda joriy yilning 16 mart sanasidan boshlab karantin joriy qilindi. Bu davrda ko‘plab tadbirkorlik sub’ektlarning faoliyati ham to‘xtab qoldi. Karantin davrida mamlakatda 2 millonga yaqin fuqaro ishsiz qolgan. Bu haqida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshlig‘i Temur Mahmudov ma’lum qildi
Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiyada mamlakatda 2 millionga yaqin ishsizlik holati qayd etilgan, 500 mingdan ortiq xorijda ishlaydigan O‘zbekiston fuqarolari o‘z ish joylariga qayta olmagan.
Chekka hududlarda istiqomat qiluvchi 29 mingdan ziyod fuqaroga 60 milliard so‘mga yaqin subsidiyalar ajratilgan.
1 sentyabrdan boshlab esa Yagona milliy mehnat tizimi joriy etilgan. Bu orqali O‘zbekistonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni onlayn kuzatib borish imkoni paydo bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, vaqtincha ishsiz qolgan fuqarolar tomorqalarida yengil konsturuksiyali issiqxonalar qurib berilgan, suvsiz hududlarga suv chiqarish mexanizmlari joriy etilgan. Bugungi kunga kelib mamlakatda 300 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rni mavjud.
LiveBarchasi