Pandemiya davrida oltin narxi ham oshadi – Zafar Hoshimov

Jamiyat

image

Koronavirus pandemiyasi ortidan kelgan inqiroz oltin narxini oshishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Korzinka.uz” supermarketlari asoschisi Zafar Hoshimov Mfaktor.uz loyihasiga bergan onlayn-intervyusida aytib o‘tdi. 

“Valyuta bo‘yicha bir nima deya olmayman. Bu ko‘plab omillarga bog‘liq. Inqirozda bunday holatlar kuzatiladi.AQSHda monetar tizim shunday qurilganki, odamlar birinchi navbatda inqiroz bo‘lganda kemasini tinchroq joyga olib kirib qo‘yadigandek dunyo kapitalida AQSH obligatsiyalari yoki dollarga, ulardan yaxshisi oltinga tikib qo‘yishni xohlaydi. Dollar baribir oshadi. Qanchaga oshadi buni aytolmayman. Uning oshishini bilgan odam gapirib o‘tirmaydi, degan naql bor-ku”, deydi Zafar Hoshimov. 

Ko‘plab mamlakatlarda dollarning oshishi bilan bog‘liq holat ko‘p o‘tmay O‘zbekistonga ham o‘z ta’sirini keo‘rsatdi va bugun 16 apreldan e’tiboran mamlakatda xorijiy valyutalar kursi keskin ko‘tarildi. Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 10 121 so‘mni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 427 so‘m 64 tiyinga qimmatlashdi. 1 yevro kursi 11 111 so‘m 85 tiyinga baholanib, 512,16 so‘mga qimmatlashdi. Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 7 so‘m 26 tiyinga qimmatlashdi. Xususan, 1 rubl 138 so‘m 69 tiyin etib belgilangan. 

Zafar Hoshimov O‘zbekiston Markaziy bankiga ishonishini aytmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonning oltin eksport qilishi dollarning narxiga ta’sir qilishini ta’kidladi. 

“Bunaqa paytda oltinning narxi oshadi. Biz oltin eksport qilamiz va bu dollarni oshib ketmasligi uchun omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bugungi kunda O‘zbekiston Markaziy bankiga ishonchim juda katta. Shu kungacha ko‘ryapmanki, ular juda shaffof ishlab kelishmoqda. Lekin ma’lum ma’noda, so‘mning sustashishi kutilmoqda. Markaziy bank narx birdan sakrab ko‘tarilib ketishi imkoniyati juda pastligini aytmoqda. Masalan, men bu fikrdan qanoatlandim”, deydi tadbirkor.   
 


Maqola muallifi

Teglar

oltin koronavirus Zafar Hoshimov

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing