Pandemiya 2024 yilgacha cho‘zilishi bashorat qilindi
Olam
−
18 dekabr 2021
3688Dunyoda koronavirus pandemiyasi 2024 yilgacha saqlanib qolishi mumkin. Vaksina ishlab chiqaruvchi Pfizer kompaniyasi shunday taxminni ilgari surmoqda. Buni kompaniya o‘z vaksinasining past dozali versiyasi 2- 4 yoshli bolalarda kutilganidan zaifroq immunitetni hosil qilgani bilan izohlaydi. Bu haqda “Arabnews” xabar berdi.
Kompaniya hozirda 16 yoshgacha bo‘lgan barcha yosh guruhlarida, shu jumladan 2-4 yoshli bolalarda vaksinaning uch dozali kursini sinovdan o‘tkazayotganini aytdi. Ular shu yilning o‘zida preparatni sinovdan o‘tkazishni umid qilgan edi. Biroq kechikish oqibatida sinov jarayonlari 2022 yilning ikkinchi choragiga qoldirilgan.
Pfizer vaksinani Germaniyaning BioNTech Se kompaniyasi bilan birga ishlab chiqmoqda. Ular tayyorlagan vaksina hozirda koronavirusning keng tarqalyotgan “omicron” shtammiga qarshi tura olishiga ishonch bildirmoqda. Kompaniya rahbarlarining ta’kidlashicha, yangilangan vaksina kelayotgan yilning yanvarida klinik sinovdan o‘tkaziladi.
Shuningdek, ular vaksina kelgusi yilda 31 milliard dollar daromad olib kelishini kutayotganini aytdi.
Ma’lumot uchun, 2022 yilda Pfizer va BioNTech kompaniyalari vaksinasining 3 mikrogramli dozasini 2-5 yoshli bolalarda, 5-11 yoshlilar uchun 10 mikrogramli dozadan va 12 yoshdan oshgan har bir kishi uchun 30 mikrogramlik dozadan foydalangandan so‘ng sinovdan o‘tkazishini ma’lum qildi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi